"Tottenxem" Sonning shartnomasini 2026 yilgacha uzaytiradi
"Tottenxem" Xyon Min Son bilan shartnomani uzaytiradi.
Janubiy koreyalik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. "Shporlar" uni yana bir yilga uzaytiradigan variantni faollashtirishi kutilmoqda, deb yozadi Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.
Qayd etilishicha, vingerning o‘zi ham hozirgi jamoasida qolishni istamoqda.
Premyer-liganing joriy mavsumida Son 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning inglizlar jamoasidagi 10-mavsumidir.