Portugal klubiga jiddiy ayb qo‘yildi
"Benfika" korrupsiya va soliq muammolari tufayli musobaqadan chetlatilishi mumkin.
Portugaliya prokuraturasi "elektron pochta ishi" bo‘yicha tergov jarayonida klubning aybi isbotlansa, "Benfika"ni 6 oydan 3 yilgacha barcha musobaqalardan chetlashtirishni talab qilmoqda. Klub korrupsiya va soliqlarni buzishda ayblanmoqda.
Prokuratura, shuningdek, "Benfika"ning sobiq prezidenti Luis Felipe Veyra va klubning sobiq yuridik maslahatchisi Paulo Gonsalveshni bir yildan besh yilgacha o‘z kasbi bilan shug‘ullanishdan chetlashtirishni talab qildi.
Bundan tashqari, Veyra va Gonsalvesh, agar ayblari isbotlansa, davlatga 900 ming yevro to‘lashi kerak.