Ris Jeyms "Barselona" va "Benfika"ga taklif qilindi
24 yoshli "Chelsi"ning o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeymsning agenti futbolchining xizmatlarini "Barselona" va "Benfika"ga taklif qildi. Bu haqda Football Transfer xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Jeymsning agenti mushaklarining takroriy jarohatlari uchun potensial yechim sifatida iliqroq iqlimga o‘tishni ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, 24 yoshli himoyachi bilan ishlayotgan fizioterapevtlar Ispaniya va Portugaliya chempionatlarida o‘yinning sekinroq o‘tishini qayd etishmoqda, bu ham jarohatlar xavfini kamaytirishi mumkin.
"Chelsi"ning asosiy jamoasiga qo‘shilganidan beri Jeyms 7 marta sonini jarohatladi. Umuman olganda, u London klubining 129 ta uchrashuvini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan.