Xoland "Siti"ni 2025 yilning yozida tark etishga tayyor
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlashga va 2025 yilning yozida ingliz klubini tark etishga tayyor ekanligiga qaror qildi. Bu haqda El Nacional.com xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchiga "PSJ" faol qiziqish bildirmoqda. Biroq, fransuz klubi taklif eta oladigan kuchli moliyaviy sharoitga qaramay, Xolandning ustuvorligi "Barselona" yoki "Real Madrid"ga o‘tishdir.
Takidlanishicha, “blaugrana” va “qaymoqranglilar" ham Xoland bilan tarkibni kuchaytirishni istashmoqda.
24 yoshli hujumchi "Manchester Siti"da 2022 yilning yozidan buyon to‘p tepadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 10 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi.