Kunde: "Futbolni avvalgidek sevaman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman"
Kataloniyaning “Barselona” klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde futbolga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi.
"Futbolni avvalgidek sevaman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Bu mening ishtiyoqim edi. Endi bu mening ishim. Ishni boshlaganimda, maydondan tashqari hayotim ikkinchi darajali edi", deydi Kunde.
26 yoshli fransiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon “Barselona”da to‘p tepmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.