Kunde bugun «Barselona» safidagi yubiley o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda
«Barselona» o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bugun kataloniyaliklar safidagi yubiley 100-o‘yinini o‘zining sobiq jamoasi «Sevilya»ga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
25 yoshli fransuz 2022 yilning yozida 50 million yevro evaziga «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tgan edi. 99 ta o‘yinda u 4 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.