Pedri: "Agar bu to‘rt yoki besh marta sodir bo‘lsa, yomon bo‘lardi"
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri ispaniyalik mutaxassis Xavining jarimalari haqida gapirdi.
“Shunday murabbiylar borki, jarimalarni daqiqalar bilan hisoblaydilar, masalan, besh daqiqa uchun – 5 ming yevro, ammo Xavi kech qolganlar uchun 5 ming yevro talab qildi va keyingi jarima miqdori ikki baravar oshirildi.
Agar bu to‘rt yoki besh marta sodir bo‘lsa, juda yomon bo‘lardi", - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Pedrining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.