Urugvay terma jamoasining besh nafar futbolchisi diskvalifikasiya qilindi
Urugvay terma jamoasining besh nafar futbolchisi Kolumbiya terma jamoasi muxlislari bilan mushtlashgani uchun diskvalifikasiya qilindi, deb xabar beradi ESPN nashri.
Darvin Nunyes terma jamoaning KANMEBOL shafeligidagi keyingi 5 ta o‘yinida ishtirok eta olmaydi va 20 ming dollar, Rodrigo Bentankur 4 va 16 ming dollar jarima to‘laydi. Xose Mariya Ximenes, Matias Olivera va Ronald Arauxo uchta o‘yinga diskvalifikasiya va har biri 12 ming dollardan jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, janjal Amerika Kubogi-2024 yarimfinalidan o‘rin olgan Urugvay – Kolumbiya (0:1) o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgandi. Urugvaylik futbolchilar vaziyatni tartibga solish uchun tribunadagi kolumbiyalik muxlislar oldiga yugurib, hujumchi Nunyes boshchiligidagi kurashni boshlashdi. Keyinchalik futbolchilar o‘zlarining tajovuzkorliklarini stadionda bo‘lgan muxlislarning oilalariga hujum qilishlari bilan izohladilar.