"Nottingem Forest" bosh murabbiyi uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Murabbiy, shuningdek, nomaqbul xatti-harakati uchun 55 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Bayonotda aytilishicha, murabbiy o‘z maqomiga noo‘rin harakat qilgan va yaqinda "Brayton"ga qarshi o‘yinda Premyer-liganing rasmiy vakilini haqorat qilgan. Voqea o‘yinning 83-daqiqasida sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “o‘rmonchilar” APLning o‘tgan yetti tur natijalariga ko‘ra, 10 ochko bilan turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.