Nunu Eshpiritu Santu: "Ajoyib o‘yin"
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Lester" mag‘lub etilganidan (3:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu yaxshi, salmoqli o‘yin edi. To‘pga egalik qilishdagi harakatlarimizdan juda xursandman. Kris Vud ajoyib ish qildi, u maydonda bor kuchini qoldirmoqda. Men bunday o‘yinchi bizda bundan keyin ham o‘ynashini xohlayman. U olqishlarga sazovor o‘yin ko‘rsatdi," - deya Santuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.
Keyingi turda "o‘rmonchilar" "Vest Xem"ni qabul qiladi.