"Levante" futbolchilari "loy chaplangan" futbolkalarda maydonga tushdi
"Levante" Ispaniyadagi suv toshqini bartaraf qiluvchilarni qo‘llab-quvvatladi.
Jamoa futbolchilari Segunda 15-turidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi o‘yinda loy chaplanganga o‘xshash formada o‘ynashdi.
Futbolkalar kimoshdi savdosiga qo‘yilib, undan tushgan mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish fondiga o‘tkaziladi.