"Nasyonal"ning 27 yoshli himoyachisi vafot etdi
"Nasyonal" 27 yoshli himoyachi Xuan Iksyerdoning vafot etganini e’lon qildi.
Urugvay klubi futbolchisi Braziliyaning "San-Paulu" klubiga qarshi Libertadores kubogi 1/8 finali javob o‘yini (0:2) vaqtida hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizilgan edi.
O‘lim sababi aritmiya tufayli yurak tutilishi bo‘ldi.
"Klub bizning sevimli o‘yinchimiz Xuan Iksyerdoning vafot etganini qalbimizdagi chuqur iztirob va hayrat bilan e’lon qiladi.
Uning oila a’zolari, do‘stlari, hamkasblari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Butun "Nasyonal" uning tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishidan qayg‘uradi. Xuan, sen abadiy biz bilan yashaysan", - deyiladi klub bayonotida.