"Roma" himoyachisi "Yunion" bilan durangni izohladi
"Roma" himoyachisi Janluka Manchini Yevropa ligasi guruh bosqichining 4-tur o‘yinida "Yunion" bilan durang (1:1) o‘ynagani haqida fikr bildirdi.
"Golim bizga hech bo‘lmaganda durang keltirganidan xursandman, ammo biz g‘alaba qozonishni boshlashimiz juda zarur. Ba’zi narsalarni eplay oldik, lekin o‘yinning barcha boshqa jihatlari ham xuddi shunday bo‘lishi kerak," - deya Manchinining so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirmoqda.
"Roma" 5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 20-o‘rinni egallab turibdi. "Yunion" esa 2 ochko bilan 30-pog‘onada joylashgan.