Rodri Militaoning jarohatiga munosabat bildirdi
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri "Real" himoyachisi Eder Militaoning jarohati haqida fikr bildirdi.
"Militao uchun oldingi xoch ligament jarohati? Men o‘yinni tomosha qildim va unga juda achindim. U shuncha oyda tuzalib ketdi va endi yana... Unga yaxshilik tilayman, u zo‘r yigit. U kuchli bo‘lishiga umid qilaman", - dedi Rodri El Partidazo de COPE bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi 9 noyabr kuni Ispaniya La ligasining 13-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (4:0) jarohat olgan edi. Futbolchi o‘z faoliyatida birinchi marta 2023 yil avgustida xuddi shunday jarohat oldi, u chap tizzasidagi xoch bog‘lami yorilishi tufayli 7 oyga safdan chiqdi.