"Brayton"ning ijaradagi futbolchisiga xaridor ko‘payib ketdi
Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "Brayton"ga tegishli va hozirda "Lester"da ijara asosida o‘ynayotgan 19 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Fakundo Buonanotte "Tottenxem" e’tiborini tortdi.
"Lester" 19 yoshli argentinalik futbolchining sifati va salohiyatini tan olgan holda, hujumkor yarim himoyachini uzoq vaqt jamoada ushlab turishga va uni jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylantirishga tayyor. "Brayton" o‘z futbolchisini 50 million yevroga sotishga qarshi emas.
Qayd etilishicha, Londonning “Tottenxem” klubi ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi, shuning uchun “shporlar” Buonanotteni qo‘lga kiritish uchun kurashishga tayyor bo‘ladi. Qolaversa, o‘zini yuqori saviyada ko‘rsatgan, APLdan xabardor bo‘lgan bunday iqtidorli futbolchi uchun har ikki klub ham kerakli summani to‘lashga tayyor.
Joriy mavsumda 19 yoshli Fakundo Buonanotte "Lester" safida Premyer-ligada 10ta o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti xabariga ko‘ra, uning narxi 18 million yevroga baholanmoqda.