"PSJ" ishtirokidagi o‘yinda muxlislar maxsus banner ko‘tarib olishdi (foto)
"PSJ" ishtirokidagi o‘yinda Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ulkan banner osilgan edi.
Parijliklar Chempionlar ligasining 4-turida o‘z maydonida “Atletiko Madrid”ga imkoniyatni boy berishdi (1:2).
O‘yin boshlanishidan oldin “PSJ” muxlislari “Falastinga erkinlik” yozuvi tushirilgan ulkan bannerni namoyish qilishdi. "Er yuzida urush, lekin butun dunyoda tinchlik bo‘lsin", degan shior bilan chiqishdi muxlislar. Bannerda Livan bayrog‘i ham tasvirlangan.
RMC Sport nashrining qayd etishicha, UEFA musobaqalarida muxlislarning siyosiy xabarlarni aks ettiruvchi harakatlari taqiqlangan.