“Bavariya”ning muxlislar guruhi jamoasining bir o‘yinini boykot qilmoqchi
Myunxenning “Bavariya” jamoasining eng yirik ultras guruhlaridan biri dekabr oyida Chempionlar ligasi doirasidagi “Shaxtyor” bilan Gelzenkirxenda bo‘lib o‘tadigan o‘yinni boykot qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Bulinews.com.
Avval xabar qilinganidek, muxlislar chiptalar uchun qilingan 36 mingga yaqin so‘rovni bekor qilishgan.
Bunga sabab o‘yinga tashrif buyurish uchun yuqori narxlar bo‘ldi, ammo Myunxen grandining boshqa ishqibozlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi hozircha aniq emas.
Nemis muxlislari an’anaga ko‘ra, o‘z klublaridan Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun chiptalar narxini iloji boricha pastroq saqlashni talab qilib, safar o‘yinlari fonida o‘zlarining qat’iy pozisiyalarini namoyish etishdi.