«Bavariya» muxlislari boykot e’lon qildi
«Bavariya»ning bir guruh faol muxlislari Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinini boykot qilish niyatini e’lon qildi. Myunxen grandining muxlislari chipta narxlaridan norozi - chunki «Bavariya» muxlislari uchun narxlar «Shaxtyor»ning boshqa raqiblari muxlislariga qaraganda yuqoriroq belgilangan.
«Bavariya» muxlislari, aldanib qolmang va «Shaxtyor» bilan bo‘ladigan safardagi o‘yinni boykot qiling. Adolatli narxlar talab qilamiz!» - deyiladi bayonotda.
«Shaxtyor» va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 10 dekabr, seshanba kuni tunda Gelzenkirxen shahrida bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.