Rafinya sermahsullik qayd etmoqda
Rafinya La Ligadagi yettinchi golini urdi.
Braziliyalik futbolchi "Espanyol"ga qarshi o‘yinda (3:0, birinchi bo‘lim) "Barselona" safida dublga erishdi.
Rafinya Kataloniya klubi safida ketma-ket oltita o‘yinda gollarda qatnashdi. Bu davrda Chempionlar ligasi o‘yinlarini qo‘shib hisoblaganda u 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga ega.
La Ligadagi gol+pas tizimiga ko‘ra, "Barsa" vingeri jamoadoshi Robert Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Rafinyada 13 (7+6), Levandovskida 16 (14+2) ochko bor.