Kurtua: "Kilianning jarohatini jiddiy emas"
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Kilian Mbappening "Atalanta"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik forvard jarohati sabab 36-daqiqada almashtirildi.
"Men Kilianning jarohatini jiddiy deb hisoblamayman. U kerakli vaqtda to‘xtadi. U hafta oxiri maydonga tusha olmasligi mumkin, ammo shundan keyin qaytishi kerak", - dedi belgiyalik darvozabon.