Bundesligani "yondirayotgan" hujumchi "Bavariya" radariga tushdi
Joriy mavsumni juda yuqori tompda o‘tkazayotgan "Ayntraxt" markaziy hujumchisi Omar Marmush kelasi yozda Bundesliga grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 25 yoshli misrlik futbolchini "Bavariya" rahbariyati jiddiy kuzatmoqda. Ular Marmush klub tizimiga "uzukka ko‘z qo‘ygandek" tushishiga ishonmoqda.
Joriy mavsumda Omar o‘zi ishtirok etgan 14 ta o‘yinda 21 ta golda qatnashdi - 12 ta gol, 9 ta assist.