“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi: "Rossiyada o‘ynash oson bo‘lmaydi"
Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi, avvalroq “Real Madrid”da to‘p tepgan Kristian Panuchchi 1998-yil 30-sentyabrda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasidagi “Los-Blankos” – “Spartak” (1:2) o‘yini haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
“Rossiyada o‘ynash oson bo‘lmaydi. "Spartak"da juda yaxshi o‘yinchilar bor edi. Esimda, maydon juda qattiq va muzlagan edi. Ba’zida "Real Madrid" o‘z o‘yinlarini yutqazadi.
"Spartak" uchun bu tarixiy kun bo‘lganini bilaman, lekin "Real" uchun emas. O‘sha "Spartak" kuchli edi.
Titov va Simbalar esimda, ular ajoyib o‘yin o‘tkazishdi", - deya Panuchchining so‘zlarini keltiradi RB Sport.