"Yuventus" futbolchisi bu yo‘lga o‘zi bilmay kirib kelgan edi
Nikolo Fadjoli qimor o‘yinlariga qaramlikni qanday rivojlantirgani haqida gapirib berdi.
"Yuventus" yarim himoyachisi o‘tgan yilning oktyabr oyida futbol o‘yinlariga pul tikgani uchun 7 oyga diskvalifikasiya qilingan edi.
"Men U-23da bo‘lganimda katta pul tikishni boshladim. Keyin odatdagidan ko‘proq pul tika boshladim.
Haqiqat shuki, men buni katta pullar ortidan qilmaganman. Menga ular kerak emas edi. Men adrenalin uchun pul tikdim va bu asosiy muammo edi. Eng yomon kunlarimda men 12 yoki 13 soatni telefonim ekraniga qarab o‘tkazishim mumkin edi. Shunchaki nima bo‘layotganini tushunmadim.
Men o‘zimni xuddi shu pufakchaga yopishib qolgandek his qildim va undan tashqarida hech narsani sezmadim", - deydi yarim himoyachi.