Dimarko Italiya safida juda sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda
Italiya terma jamoasining ko‘p qirrali futbolchisi Federiko Dimarko Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:3) golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu Dimarkoning terma jamoadagi so‘nggi olti o‘yinidagi to‘rtinchi golli uzatmasi bo‘ldi. 27 yoshli italiyalik hisobida 1 ta gol ham bor.
Federiko Italiya terma jamoasi safida 28 ta o‘yin o‘tkazgan.