Millatlar ligasi bahslari oldidan Italiya MTJ yo‘qotishga uchradi
"Torino" xavbeki Samuele Richchining Italiya terma jamoasi safida Belgiya va Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Millatlar ligasi o‘yinida ishtirok etishi shubha ostida qoldi.
U "Yuventus"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Yarim himoyachi Federiko Gatti bilan to‘qnashuvdan so‘ng, to‘pig‘idan jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
"Adzurrilar" 14-noyabr kuni Bryusselda Belgiya bilan, 17-noyabr kuni San-Siroda Fransiyaga qarshi uy o‘yinida maydonga tushishadi.
Italiyaga pley-off bosqichiga chiqish uchun bu ikki o‘yindan atigi bir ochko kerak bo‘ladi xolos.