Messining murabbiyi hakamlikdan nolidi
«Inter Mayami» MLS muntazam chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo pley-offning birinchi raundidayoq turnirni tark etdi. Lionel Messi va uning jamoasi «Atlanta Yunayted»ga ikki g‘alabagacha bo‘lgan seriyada yutqazdi. Bugun tongda «Inter Mayami» raqibiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada, Messi jamoasi uchun mavsum yakunlandi.
«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xerardo Martino esa hakamlikdan shikoyat qildi.
«Birinchi bo‘limda aniq, juda aniq penalti bor edi. Suaresning zarbasidan keyin to‘p raqibning qo‘liga tegdi, hakam esa hatto vaziyatni tekshirmadi ham. Bu men uchun hal qiluvchi lahza bo‘ldi», - dedi Martino "ESPN" telekanaliga bergan intervyusida.
Messining «Inter Mayami» bilan yana bir yilga mo‘ljallangan shartnomasi bor.