Belgiya yulduzlari Isroil bilan o‘ynamaydi
Isroilga qarshi Millatlar ligasi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan Belgiya terma jamoasi tarkibi o‘zgardi.
Romelu Lukaku, Amadu Onana, Romeo Lavia, Artyur Teate va Maksim de Keyper isroilliklarga qarshi o‘yinga tayyor emas va terma jamoani tark etdi. Terma jamoaga "Koventri"ning 20 yoshli hujumchisi Norman Bassett qo‘shildi.
Isroil - Belgiya uchrashuvi 17 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.