Spaletti: "Fransiyaga hujum qilishga ruxsat berdik"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
"Biz maydonga chiqdik va shu zahotiyoq gol o‘tkazib yubordik. Keyin biz tinchlana olmadik va ko‘p kuch sarfladik. Gol urganimizdan so‘ng hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirganimizdan so‘ng, biz uni bartaraf eta oladigandek tuyuldik, ammo keyin yana gol o‘tkazib yubordik.
Boshqa vaziyatlardagi kabi o‘ynay olmadik. O‘yinimiz yetarlicha toza bo‘lmadi va Fransiyaga bizni yopib qo‘yishiga imkon berdik", - deya Spaletti so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Fransiya va Italiya terma jamoalari 13 ochkodan jamg‘arib, A2 guruhining dastlabki ikki pog‘onasidan joy oldi va shu tariqa Millatlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi.