Spaletti Isroil terma jamoasi futbol musobaqalaridan chetlatilmaganiga norozilik bildirdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoasining urush olib borayotgan Isroilga qarshi o‘ynashi kerakligidan noroziligini bildirdi.
“Agar Rossiya zudlik bilan xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan bo‘lsa, nega UEFA va FIFA falastinliklarga qarshi genosidga qo‘l urgan Isroil bilan ham xuddi shunday yo‘l tutmadi? Nega bizni ularga qarshi o‘ynashga majbur qilishmoqda?”, deydi mutaxassis.
Avvalroq FIFA Isroil terma jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlatmaslikka qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi. Federasiya Falastin futbol assosiasiyasining iltimosini rad etdi.
Italiyaliklar UEFA Millatlar Ligasining 4-turi doirasidagi uy uchrashuvida Isroil terma jamoasini mag‘lub etgandi. O‘yin 4:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.
Italiya 10 ochko bilan 2-guruhning turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Isroil terma jamoasi guruhning so‘nggi o‘rnida bormoqda. Ular hali ochko jamg‘argani yo‘q.