"Barselona" muholifatchisi: "Klub yo‘q bo‘lib ketish arafasida"
Joan Laportaga qarshi bo‘lganlar "Barselona" yo‘q bo‘lib ketish arafasida ekanligini aytishdi.
"Barselona" bu oila va biz bu qadriyatlarni yo‘qotmasligimiz kerak. Klubning aksiyadorlik jamiyatiga aylanishi xavfi bor va biz o‘zgarishlar dvigatelini ishga tushirmoqchimiz. Bugun biz oldinga qadam tashlayapmiz. Bizga hozirgi holat yoqmaydi va biz yangi avlodmiz, yangi olovmiz. Biz "Barselona" biz bilan faxrlanadigan klub bo‘lishini istaymiz. Biz - izmlarni xohlamaymiz, men biladigan yagona -izm - bu "Barselonaizm".
Ikki yildan ortiq vaqt mobaynida 3000 dan ortiq klub a’zolarining fikrini tingladik. Ikki kundan keyin Assambleya bo‘lib o‘tadi, biz uni shaxsan o‘tkazishni so‘radik, ammo u telematik bo‘ladi. Deyarli uch yildan beri "Barselona"da bosh direktor yo‘q, menejerlar ketishyapti... bu qismni ancha professionallashtirish kerak. Bizning fikrimizcha, "Barselona" yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Klub uning aksiyadorlik jamiyatiga aylanishiga to‘sqinlik qilayotganini aytadi, lekin ayni paytda jamiyatning bu boradagi fikrini so‘ramoqda", - dedi Joan Laportaning muholifatchisi Joan Kamprubi.