Gyusto Fransiya U-21 terma jamoasini tark etdi
«Chelsi» va Fransiya U-21 terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto terma jamoani tark etdi, deb yozadi Mark Mechenua.
21 yoshli fransuz Italiya U-21 va Germaniya U-21 terma jamoalariga qarshi o‘yinlarga chaqiruv olgandi, biroq mashg‘ulotlarda jarohat oldi.
Undan tashqari yana 4 nafar futbolchi: Ugo Ekitike, Dilan Bakva, Magnes Akliush va Enso Miyo ham tekshiruvdan o‘tadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, murabbiylar shtabi boshqa o‘yinchilarni chaqirish kerakmi yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Bu mavsumda Gyusto klub safida 11 o‘yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.