Kuman: "De Yong sog‘lom bo‘lsa, albatta tarkibda bo‘lishi kerak"
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning turli jarohatlar tufayli 14 oylik safdan chiqqanidan so‘ng jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Frenki de Yong to‘pig‘idan emas, balki boldiridan jarohat olgan edi. U seshanba kuni terma jamoada bo‘ladi va shanba kuni o‘ynay oladi deb taxmin qilamiz.
Frenki de Yong sog‘lom bo‘lsa, albatta, tarkibda bo‘lishi kerak. Ammo u anchadan beri maydonga tushmadi, hali birorta ham to‘liq o‘yin o‘tkazgani yo‘q. U biz uchun muhimligicha qolmoqda. Yarim himoyada bizda juda ko‘p imkoniyatlar bor", - deya Kuman so‘zlarini keltirmoqda ESPN.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 16 noyabr kuni UYEFA Millatlar ligasining 5-turi doirasida o‘z uyida Vengriya terma jamoasi bilan o‘tkazadi.