De Ron: "Har bir o‘yinda maydonga tushishni istayman"
"Atalanta" yarim himoyachisi Martin de Ron "Roma" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Bugun juda qiyin o‘yin bo‘ldi, menga omad kulib boqdi, ammo o‘ylaymanki, biz o‘yinni nazorat qildik va gol urish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik.
Endi biz xotirjam bo‘lishimiz va shunday maromda davom etishimiz kerak. Chempionlik imkoniyati? Biz o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz.
Bugun sariq kartochka olmaganim yaxshi. “Parma”ga qarshi ahmoqona ogohlantirishni barcha ko‘rdi. Har bir o‘yinda maydonga tushishni istayman, o‘zimni juda zo‘r his qilyapman", - deya De Ronning so‘zlarini keltiradi Sky Sport Italia.