Xoylund: "Amorimning nima xohlayotganini tushinish qiyin emas"
“Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Xoylund Yevropa ligasining 5-turi doirasidagi “Bode-Glimt” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.
"Biz o‘yinni yomon boshladik, ammo keyin xarakter ko‘rsatib, natijaga erishdik. O‘yinlarimiz juda qiziqarli o‘tishi shart emas, lekin asosiysi uch ochkoni qo‘lga kiritish. Biz vazifani bajardik.
Bugun Amorim himoyada nimalar bo‘layotgani haqida ko‘p tashvishlanmaslikni, balki oldinga qanday o‘ynash haqida ko‘proq o‘ylashga, gol sari agressiv borishga harakat qilishimni aytdi. Bularning barchasini birinchi gol davomida ko‘rdik, bundan juda xursandman.
Hozirgi tarkib menga "Atalanta"da 3-4-3 sxemasida o‘ynaganimni biroz eslatadi. Bu menga juda mos keladi", - deya Xoyluns so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.