"Bavariya" yarim himoyachisi: "Juda keskin o‘yin bo‘ldi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreska Chempionlar ligasining 5-tur o‘yinida "PSJ" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Juda ham keskin o‘yin bo‘ldi. Biz bunday o‘yindan nima kutishni oldindan bilardik. Raqibning to‘rt yarim himoyachi bilan tuzilishidan ko‘rinib turardiki, ular to‘pni egallab turishga va biz qanchalik uzoqqa borishga tayyorligimizni sinab ko‘rishga harakat qilishadi. Ammo biz o‘z maqsadimizga erishdik. Sarflangan kuch-g‘ayratimiz natija bilan taqdirlangani quvonchli," - deya Goreskaning so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltirmoqda.