Goreska kelajagi haqida qaror qabul qildi
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreska yaqin kelajakdagi rejalari haqida bir qarorga keldi. 29 yoshli futbolchi Vensan Kompani qo‘l ostida deyarli o‘yin tajribasiga ega emas.
Yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan. Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, “Bavariya”dagi qiyin vaziyatga qaramay, Goreska qishda ketish niyatida emas.
“Qizil iblislar” nemis futbolchisiga qiziqishda davom etadi va vaziyatni kuzatmoqchi. Leon Goreska bu mavsumda "Bavariya"ning atigi uchta o‘yinida qatnashdi va jami 15 daqiqa o‘ynadi.