"Bavariya" darvozaboni qishda jamoani tark etish niyatida emas
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Daniel Perets qishda jamoani tark etish niyatida emas, shu bois hozircha u boshqa klubga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti.
Biroq, 24 yoshli Perets kelasi mavsumni ijara asosida o‘tkazishi ehtimoli bor, chunki uning kelajagi Manuel Noyerning jamoada qolishiga bog‘liq. "Bavariya" 38 yoshli darvozabonni asosiy darvozabon bo‘lishini kutmoqda. Peretsga avvalroq Yevropaning bir qancha klublari qiziqish bildirgan.
Daniel Peretsning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.