"PSJ" himoyachisi "Bavariya" bilan o‘yindan so‘ng maydonni shifokorlar yordamida tark etdi
"PSJ" himoyachisi Nunu Mendesh Chempionlar ligasining 5-turida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda (0:1) hakamning so‘nggi hushtagidan so‘ng maydonni tark eta olmadi va o‘tirib oldi. Portugaliyalikka shifokorlar yordami kerak bo‘ldi.
Bu o‘yindagi yagona golni Myunxen jamoasi himoyachisi Kim Min Chje birinchi bo‘limda kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshidanoq parijliklar kamchilikda o‘ynashdi, chunki Dembele qizil kartochka oldi.
"Bavariya" 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi. "PSJ" esa 26-o‘ringa tushib ketdi (4 ochko).