"Barselona"ning yana bir sobiq futbolchisi "Inter Mayami" bosh murabbiyligiga nomzod
Xavyer Maskerano Xerardo Martinoning o‘rniga "Inter Mayami" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Xabar qilinishicha, jamoaning hozirgi boshqaruvchisi iste’foga chiqishga qaror qilgan.
Martino o‘rniga nomzodlar orasida yana bir argentinalik Xavyer Maskerano ko‘rib chiqilmoqda. 40 yoshli mutaxassis hozirda Argentina yoshlar terma jamoasini boshqarmoqda, uning amaldagi shartnomasi dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi.
Maskerano futbolchi sifatida “Barselona” va Argentina terma jamoasida “Inter Mayami” hujumining amaldagi yetakchisi Lionel Messi bilan birga o‘ynagan.