"Sporting" to‘purari "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba va Amorimning ketishi haqida gapirdi
"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1) haqida gapirdi.
"Gol urish har doim yoqimli, xet-trik qilish esa undan ham yoqimli, lekin eng muhimi g‘alaba, ajoyib oqshom. Biz bu o‘yin oson bo‘lmasligini bilardik va uchrashuvni yaxshi tarzda boshlamadik. Bizda bo‘sh joy juda ko‘p bo‘lishini tushundik va ular kabi ko‘proq gol urishimiz kerak edi.
Amorimning ketishi? Biz uni sog‘inamiz. Birgalikda biz ajoyib ishni qila oldik. Albatta, hamma nafaqat uni, balki butun murabbiylar shtabini sog‘inadi. Biz oldinga intilishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak", - deya Dyokeresh so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.