Saa "MYU"ga kerakli bo‘lgan transferni aytdi
Lui Saaning fikricha, "Manchester Yunayted"ga Viktor Dyokeresh emas, Xarri Keyn kerak.
"Bu ajablanarli bo‘lishi mumkin, ammo menimcha, «Manchester Yunayted»ga Viktor Dyokeresh kerak emas.
U Chempionlar ligasida o‘zini ko‘rsatyapti, ammo u Manchesterda "Sporting"dagidek hashamatli sharoitlarga ega bo‘lmaydi.
"Sporting" "Manchester Yunayted" kabi bosim ostida emas. Bu butunlay boshqa klublar. Muhammad Saloh va Erling Xoland kabi futbolchilarni topish qiyin.
"Manchester Yunayted" juda ko‘p pul sarfladi va menimcha, Dyokeresh bunga javob bera olmaydi.
Agar Harri Keyn uchun 120 million funt sarflasangiz, barcha vazifalarni qila oladi", – dedi Saa.