«Bavariya» ham superto‘purar uchun kurashga qo‘shildi
«Bavariya» Lissabonning «Sporting» klubi hujumchisi Viktor Dyokereshga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shildi.
Myunxen klubi vakillari shvesiyalik hujumchi haqida ma’lumot to‘plashdi - hozircha boshqa chora ko‘rilmagan, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg. Manba ta’kidlaganidek, so‘nggi haftalarda Yevropaning deyarli barcha yetakchi klublari Dyokeresh haqida so‘rashgan va 26 yoshli futbolchiga qiziqish tez sur’atlar bilan o‘sishda davom etmoqda.
«Bavariya» vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, ammo jamoada Xarri Keyn borligini hisobga olsak, yaqin kelajakda hujumchini qo‘lga kiritish uchun favoritlardan bo‘lishi dargumon.
«Sporting» o‘z yulduzini 60-70 million yevroga sotishga tayyor.