Kompani "Bavariya" futbolchilariga bir hafta dam beradi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilarga bir hafta dam berishga qaror qildi. Sport Bild xabariga ko‘ra, jamoa yakshanba kunigacha mashg‘ulot o‘tkazmaydi.
"Bavariya"ning ko‘plab futbolchilari o‘z terma jamoalariga ketishdi. Odatda, bu davrda ham qolgan futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazishardi, ammo Kompani ularga dam olish imkoniyatini berishga qaror qildi.
O‘n turdan keyin "Bavariya" Germaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "RB Leypsig" Myunxen jamoasidan 5 ochko ortda qolmoqda (26 va 21).