"Milan"ning ko‘pgina futbolchilariga dam berildi
Xalqaro tanaffus tufayli "Milan"ning asosiy jamoasi so‘nggi bir necha kun ichida Milanelloda mashg‘ulot o‘tkazmadi. Futbolchilar dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytishadi.
Jami 15 nafar futbolchi terma jamoa safiga chaqirilganligi sababli Fonseka qolgan futbolchilarga dam berishga qaror qildi.
MilanNews xabariga ko‘ra, ayni damda quyidagi futbolchilar dam olishmoqda: Sportyello, Kalabriya, Emerson Royal, Terrachchiano, Tiav, Tomori, Fofana, Loftus-CHik, Abraxam. Jarohatlangan futbolchilar esa tiklanish dasturlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" 23 noyabrda "Yuventus"ga qarshi bahs olib boradi.