Myuller: "Kompani bezdan qanday o‘yin kutishini aniq aytadi"
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller klub bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida gapirdi.
“Kompani kiyinish xonasida nima bo‘layotganini juda yaxshi tushunadi. Vensan bizdan nimani xohlashini aniq aytadi, albatta, u bizga o‘z tajribasini beradi, chunki uning o‘zi Belgiya terma jamoasi va "Manchester Siti" sardori bo‘lgan. Biz to‘psiz ishlagan fidoyiligimiz uni ko‘pincha qaytarib olishimiz va o‘yindan katta zavq olishimiz bilan taqdirlanadi", - deya Myuller so‘zlarini keltiradi BR.