Amorim "MYU"dan avval qaysi klubda ishlamoqchi edi?
"Manchester Yunayted"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Ruben Amorim faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin edi.
Lissabonning "Sporting" jamoasi ustoziga turli chempionatlar vakillari anchadan beri qiziqish bildirishgan.
So‘nggi yillardagi eng yaxshi yosh murabbiylardan biri uchun bahsda "Manchester Yunayted"ning qo‘li baland keldi.
Portugaliyalik murabbiy 11 noyabr kuni Angliyada ish boshlaydi. Ma’lumki, Amorimning "Sporting" bilan shartnomasida tovon puli 10 million yevroga yaqin bo‘lgan.
Aynan shu variantdan “qizil iblislar” unumli foydalanishdi. A Bola xabariga ko‘ra, bundan oldinroq Saudiyaning "An-Nasr" va Angliyaning "Vest Xem" klublari lissabonlik murabbiyni "sotib olishga" tayyor edi. Aynan shu klublar yaqin o‘tmishda 39 yoshli mutaxassisga qiziqish bildirishgan.