Laporta Valensiya shaharlariga yordam ko‘rsatish taklifi bilan chiqdi
Joan Laporta "Barselona"ning Ispaniyadagi toshqindan jabrlanganlarga yordam berishini e’lon qildi.
Mamlakat janubi-sharqidagi Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir va “Dana” to‘foni keng ko‘lamli ofatlarga sabab bo‘ldi.
"Bu juda og‘ir damlarda “Barselona” va bizning fondimiz nomidan ushbu ofatdan aziyat chekayotgan odamlarga chuqur qo‘llab-quvvatlash va birdamligimizni bildirmoqchiman.
"Barselona" prezidenti sifatida men biz kabi klub, bir tomondan, joylarda ishlaydigan tashkilotlarga bevosita yordam ko‘rsatish bo‘yicha vakil sifatida, ikkinchi tomondan, tiklanish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali yordam berishi mumkinligiga ishonaman", - dedi Laporta.