Laporta: "G‘alaba qozonayotganimizdan g‘azablanganlar bor"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Negreyra ishi haqida gapirdi.
May oyi oxirida "Barselona"ning dastlabki hukmga qarshi shikoyati qanoatlantirildi va klub ayblovlardan tozalangandi.
"Biz hamma narsaga va hammaga qarshi kurashamiz. Biz Negreyra ishiga doimiy ravishda murojaat qiladiganlarga qarshi kurashamiz, biz sudlarda g‘alaba qozonamiz. Har safar biz yaxshi ish qilsak, ular buni yana ko‘taraveradilar.
G‘alaba qozonayotganimizdan g‘azablanganlar bor. Ular bizni yo‘q qilmoqchi. Biz bu tanqidchilar qayerdan kelgani va nimaga qaratilayotganini bilamiz", dedi “Barselona” prezidenti Joan Laporta.