Flik: «Fatining rivojlanishiga aql-bovar qilmaydi»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa vingeri Ansu Fatining Ispaniya chempionati doirasidagi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatlarini baholadi.
Avvalroq 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda ilk bor «Sevilya»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
«Ansuning ertaga o‘ynash imkoniyati bor, uning rivojlanishi aql bovar qilmaydi. Ammo Rafinyaning yaxshi o‘yini evaziga o‘yin daqiqalarini olish unga oson emas. Darhaqiqat, har qanday futbolchi uchun tarkibga kirish oson emas», dedi Flik jurnalistlarga.