Flik Olmoning o‘yiniga baho berdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Dani Olmoning «Espanyol»ga (3:1) qarshi o‘yini haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ispaniyalik futbolchi bir oydan ko‘proq vaqt davomida maydonga tusha olmagan jarohatidan so‘ng o‘zining ilk asosiy tarkibdagi o‘yinini o‘tkazdi. 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi ikkita gol urdi va derbining eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi.
“Olmoning o‘yini? Uning qaytganidan juda xursandmiz. Bizning bugungi g‘alabamiz ko‘p jihatdan uning hissasi», - dedi Flik jurnalistlar bilan o‘yindan keyingi suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Dani Olmo o‘tgan yozda Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Transfer narxi taxminan 55 million yevroni tashkil qildi.